Fizika fanidan attestatsiya testlari

Fizika o‘qituvchilari uchun malaka toifasi sinoviga tayyorgarlik: bazada 1 947 ta savol, har safar yangi variant va har bir noto‘g‘ri javobga AI tushuntirishi. Quyida test tuzilishi va javoblari bilan namuna savollar bor.

Bir variantda
50 ta savol
Vaqt
90 daqiqa
Savollar bazasi
1 947 ta
2026-yil kuzgi attestatsiya
11-noyabr

Fizika testi tuzilishi

Variant shu bo‘limlardan yig‘iladi. Har bir bo‘limdan nechta savol tushishi va bazada nechtasi borligi:

Bo‘limBir variantdaBazada
Pedagogik mahorat10 ta1 201 ta
Kasb standarti5 ta153 ta
Suyuqlik va gazlar mexanikasi6 ta100 ta
Molekulyar fizika va termodinamika6 ta99 ta
Yadroviy fizika5 ta97 ta
Kulon kuchi va elektr maydon6 ta97 ta
Kondensator va tok kuchi6 ta99 ta
Elektr zanjiri6 ta101 ta

Fizika: namuna savollar va javoblari

Avval o‘zingiz javob bering, keyin to‘g‘ri javobni oching. Bular Testportal bazasidan olingan namunalar, rasmiy imtihon savollari emas.

  1. 1.Har bir loyiha oʻziga xos xususiyatga ega boʻladi, shu sababli ular ma’lum belgilariga koʻra quyidagicha tasniflanadi:
    - ikki oʻquvchiga moʻljallangan loyihalar; -oʻquvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga moʻljallangan loyihalar.

    • A)Loyiha koʻlamiga koʻra
    • B)Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga koʻra
    • C)Loyihada muddatiga koʻra
    • D)Loyihaning predmet va maqsadiga koʻra‌‌
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    B) Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga koʻra

  2. 2.Oʻqituvchi "oʻz kasbiy darajasini tizimli ravishda oshirishga" majburdir.
    Ushbu koʻrsatma qaysi qonunda koʻrsatilgan?

    • A)Oʻz. Res. Konstitutsiyasining 46-moddasida
    • B)Oʻz. Res.ning " Taʼlim toʻgʻrisida" gi Qonunining 46-moddasida
    • C)Oz. Res.ning " Taʼlim toʻgʻrisida"gi Qonunining 13-moddasida
    • D)Xalq taʼlimi vazirligining bir qator qonun hujjatlarida
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    B) Oʻz. Res.ning " Taʼlim toʻgʻrisida" gi Qonunining 46-moddasida

  3. 3.Yer atrofida aylanayotgan sun’iy yo‘ldosh kabinasidagi havo bosimini qaysi asbob yordamida o‘lchash mumkin?

    • A)aneroid va simobli barometr
    • B)areometr
    • C)aneroid barometr
    • D)psixrometr
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    C) aneroid barometr

  4. 4.Havo oraliqli yassi kondensator o‘zgarmas tok manbaidan zaryadlandi va undan uzildi. Plastinalar orasidagi masofa 2 marta kattalashtirilsa, kondensator
    zaryadi va kuchlanishi qanday o‘zgaradi?

    • A)zaryad va kuchlanish o‘zgarmaydi
    • B)zaryad 2 marta ortadi, kuchlanish o‘zgarmaydi
    • C)zaryad o‘zgarmaydi, kuchlanish 2 marta ortadi
    • D)zaryad o‘zgarmaydi, kuchlanish 2 marta kamayadi.
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    C) zaryad o‘zgarmaydi, kuchlanish 2 marta ortadi

  5. 5.Foydali ish koeffitsienti 20% bo‘lgan pechkada 0,5 t alyuminiyni 282 K dan 932 K gacha qizdirish uchun qancha toshko‘mir yoqish kerak (kg)? Alyuminiyning solishtirma issiqlik sig‘imi 880 J/(kg∙K), ko‘mirning solishtirma yonish issiqligi 2∙10⁷ J/kg.

    • A)50,5
    • B)60,5
    • C)71,5
    • D)82,5
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    C) 71,5

  6. 6.M qobiqda joylashgan bir elektron uchun quyidagilardan qaysilari to’g’ri?
    I. Bosh kvant soni n = 3.
    II. Elektron f ost qobiqda joylashgan bo’lishi mumkin.
    III. Elektronning orbital kvant soni 𝑙 = 0, 1, 2 qiymatlarni olishi mumkin.

    • A)faqat I
    • B)faqat II
    • C)faqat III
    • D)I va III
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    D) I va III

  7. 7.Ko’ndalang kesim yuzalari teng bo’lgan K, L o’tkazgichlarning solishtirma qarshiliklari mos ravishda ρ va 2ρ, uzunliklari esa 𝑙 va 2𝑙 dir.
    Bunga asosan, o’tkazgichlarning qarshiliklari nisbati RK/RL nimaga teng?

    • A)1/4
    • B)1/2
    • C)1
    • D)2
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    A) 1/4

  8. 8.q₁=−10 nC va q₂=20 nC nuqtaviy zaryadlarni tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziqda 2-zaryaddan necha cm
    masofalarda maydon potensiali nolga teng bo‘ladi?
    Zaryadlar orasidagi masofa 42 cm.

    • A)12; 30
    • B)15; 42
    • C)20; 54
    • D)28; 84
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    D) 28; 84

Fizika bo‘yicha to‘liq variantni imtihon rejimida ishlab ko‘ring

Vaqt hisobi, natija tahlili va har bir noto‘g‘ri javobga AI tushuntirishi. Birinchi 15 ta savol bepul, ro‘yxatdan o‘tish bir daqiqa.

15 ta savolni bepul ishlash

Ko‘p beriladigan savollar

Fizika testlari bepulmi?
Ha, 15 ta savoldan iborat bitta variantni bepul ishlash mumkin. Cheksiz variantlar uchun obuna kerak: bitta fan 30 kunga 39 000 so‘m.
Bir variantda nechta savol bor va qancha vaqt beriladi?
To‘liq variantda 50 ta savol bor, ishlash uchun 90 daqiqa beriladi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball.
Savollar har safar bir xil bo‘ladimi?
Yo‘q. Har bir variant 1 947 ta savollik bazadan yangidan yig‘iladi, shuning uchun testni qayta-qayta ishlash mumkin.
Xato javoblarimni ko‘ra olamanmi?
Ha. Test tugagach har bir savolning to‘g‘ri javobi ko‘rsatiladi, noto‘g‘ri javoblarni esa AI tushuntirib beradi.
Bu savollar haqiqiy imtihon savollarimi?
Yo‘q. Bular Testportal bazasidagi namunaviy savollar: rasmiy imtihon savollari emas, lekin attestatsiya formatida tuzilgan.

Attestatsiya haqida