Davlat va huquq asoslari fanidan attestatsiya testlari
Davlat va huquq asoslari o‘qituvchilari uchun malaka toifasi sinoviga tayyorgarlik: bazada 1 703 ta savol, har safar yangi variant va har bir noto‘g‘ri javobga AI tushuntirishi. Quyida test tuzilishi va javoblari bilan namuna savollar bor.
- Bir variantda
- 50 ta savol
- Vaqt
- 90 daqiqa
- Savollar bazasi
- 1 703 ta
- 2026-yil kuzgi attestatsiya
- 12–13-noyabr
Davlat va huquq asoslari testi tuzilishi
Variant shu bo‘limlardan yig‘iladi. Har bir bo‘limdan nechta savol tushishi va bazada nechtasi borligi:
| Bo‘lim | Bir variantda | Bazada |
|---|---|---|
| Pedagogik mahorat | 7 ta | 1 201 ta |
| Kasb standarti | 5 ta | 153 ta |
| Huquq 1 – Shaxs, jamiyat, davlat va huquq | 10 ta | 91 ta |
| Huquq 2 – Konstitutsiyaviy huquq | 8 ta | 74 ta |
| Huquq 3 – Xalqaro huquq | 2 ta | 17 ta |
| Huquq 4 – Ma’muriy huquq | 2 ta | 17 ta |
| Huquq 5 – Fuqarolik huquqi | 2 ta | 19 ta |
| Huquq 6 – Mehnat huquqi | 2 ta | 21 ta |
| Huquq 7 – Oila huquqi | 2 ta | 18 ta |
| Huquq 8 – Jinoyat huquqi | 5 ta | 33 ta |
| Huquq 9 – Ekologiya huquqi | 2 ta | 17 ta |
| Huquq 10 – O‘qitish metodikasi | 3 ta | 42 ta |
Davlat va huquq asoslari: namuna savollar va javoblari
Avval o‘zingiz javob bering, keyin to‘g‘ri javobni oching. Bular Testportal bazasidan olingan namunalar, rasmiy imtihon savollari emas.
1.Har bir loyiha oʻziga xos xususiyatga ega boʻladi, shu sababli ular ma’lum belgilariga koʻra quyidagicha tasniflanadi:
- ikki oʻquvchiga moʻljallangan loyihalar; -oʻquvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga moʻljallangan loyihalar.- A)Loyiha koʻlamiga koʻra
- B)Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga koʻra
- C)Loyihada muddatiga koʻra
- D)Loyihaning predmet va maqsadiga koʻra
To‘g‘ri javobni ko‘rish
B) Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga koʻra
2.Oʻqituvchi "oʻz kasbiy darajasini tizimli ravishda oshirishga" majburdir.
Ushbu koʻrsatma qaysi qonunda koʻrsatilgan?- A)Oʻz. Res. Konstitutsiyasining 46-moddasida
- B)Oʻz. Res.ning " Taʼlim toʻgʻrisida" gi Qonunining 46-moddasida
- C)Oz. Res.ning " Taʼlim toʻgʻrisida"gi Qonunining 13-moddasida
- D)Xalq taʼlimi vazirligining bir qator qonun hujjatlarida
To‘g‘ri javobni ko‘rish
B) Oʻz. Res.ning " Taʼlim toʻgʻrisida" gi Qonunining 46-moddasida
3.9-sinf o‘quvchisi Konstitutsiya moddalarining raqamlarini bexato aytadi, lekin oddiy hayotiy vaziyatda qaysi modda qo‘llanishini ayta olmaydi. O‘qituvchi uning bilimini qo‘llash darajasiga olib chiqish uchun qaysi usulni tanlashi kerak?
- A)Vaziyatli masalalar: o‘quvchi hayotiy holatga mos normani topib, uni qo‘llab xulosa chiqaradi
- B)Qo‘shimcha o‘qish: o‘quvchi Konstitutsiyaning qolgan boblarini ham yodlab keladi
- C)Yozma so‘rov: o‘quvchi Konstitutsiyaning barcha moddalari raqami va mazmunini yoddan tartib bilan yozib beradi
- D)Og‘zaki so‘rov: o‘quvchi aytilgan modda raqamiga qarab uning matnini yoddan aytib beradi
To‘g‘ri javobni ko‘rish
A) Vaziyatli masalalar: o‘quvchi hayotiy holatga mos normani topib, uni qo‘llab xulosa chiqaradi
4.Huquq normasi: “Yo‘lovchi jamoat transportida chiptasiz yurgan taqdirda, unga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solinadi”. Ushbu normaning sanksiyasi qaysi qism?
- A)“Bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solinadi” qismi
- B)“Yo‘lovchi” va “jamoat transporti” so‘zlari
- C)“Yo‘lovchi jamoat transportida chiptasiz yurgan taqdirda” qismi
- D)Ushbu normada sanksiya yo‘q, u faqat gipotezadan iborat
To‘g‘ri javobni ko‘rish
A) “Bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solinadi” qismi
5.Sardor qo‘shnisi Rustamga bergan qarzini qaytarib ololmay, sudga murojaat qilmoqchi. Fuqarolik protsessual kodeksiga ko‘ra u sudga qanday shaklda murojaat qiladi va kim javobgar bo‘ladi?
- A)Da’vo arizasi bilan; javobgar — Rustam
- B)Ariza bilan; javobgar — sud
- C)Shikoyat bilan; javobgar — Rustam
- D)Protest bilan; javobgar — Sardor
To‘g‘ri javobni ko‘rish
A) Da’vo arizasi bilan; javobgar — Rustam
6.Farida yangi ID-karta olish va tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun bir joyda murojaat qilmoqchi. Qaysi tashkilot «yagona darcha» prinsipi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatadi?
- A)Davlat soliq xizmatining tuman inspeksiyasi huzuridagi qabulxona
- B)Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Davlat xizmatlari markazi
- C)tuman hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi
- D)tuman ichki ishlar bo‘limining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi
To‘g‘ri javobni ko‘rish
B) Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Davlat xizmatlari markazi
7.Konstitutsiyaning 1-moddasida O‘zbekiston davlati qanday ta’riflangan?
- A)Boshqaruvning prezidentlik shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va diniy davlat
- B)Boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, federativ, ijtimoiy va dunyoviy davlat
- C)Boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat
- D)Boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, unitar va diniy davlat
To‘g‘ri javobni ko‘rish
C) Boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat
8.Ilhom (35 yosh) uyidagi qurilish chiqindilarini mahalla chekkasidagi ariq bo‘yiga to‘kdi; tabiiy muhitga zarar yetmagan. Ilhom uchun qanday javobgarlik keladi?
- A)Jinoiy javobgarlik — majburiy jamoat ishlari
- B)Fuqarolik javobgarligi — faqat tozalash xarajatini to‘lash
- C)Ma’muriy javobgarlik — jarima
- D)Javobgarlik yo‘q — chiqindi o‘z hovlisidan tashqarida
To‘g‘ri javobni ko‘rish
C) Ma’muriy javobgarlik — jarima
Davlat va huquq asoslari bo‘yicha to‘liq variantni imtihon rejimida ishlab ko‘ring
Vaqt hisobi, natija tahlili va har bir noto‘g‘ri javobga AI tushuntirishi. Birinchi 15 ta savol bepul, ro‘yxatdan o‘tish bir daqiqa.
15 ta savolni bepul ishlashKo‘p beriladigan savollar
- Davlat va huquq asoslari testlari bepulmi?
- Ha, 15 ta savoldan iborat bitta variantni bepul ishlash mumkin. Cheksiz variantlar uchun obuna kerak: bitta fan 30 kunga 39 000 so‘m.
- Bir variantda nechta savol bor va qancha vaqt beriladi?
- To‘liq variantda 50 ta savol bor, ishlash uchun 90 daqiqa beriladi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball.
- Savollar har safar bir xil bo‘ladimi?
- Yo‘q. Har bir variant 1 703 ta savollik bazadan yangidan yig‘iladi, shuning uchun testni qayta-qayta ishlash mumkin.
- Xato javoblarimni ko‘ra olamanmi?
- Ha. Test tugagach har bir savolning to‘g‘ri javobi ko‘rsatiladi, noto‘g‘ri javoblarni esa AI tushuntirib beradi.
- Bu savollar haqiqiy imtihon savollarimi?
- Yo‘q. Bular Testportal bazasidagi namunaviy savollar: rasmiy imtihon savollari emas, lekin attestatsiya formatida tuzilgan.