Jismoniy tarbiya fanidan attestatsiya testlari
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun malaka toifasi sinoviga tayyorgarlik: bazada 1 943 ta savol, har safar yangi variant va har bir noto‘g‘ri javobga AI tushuntirishi. Quyida test tuzilishi va javoblari bilan namuna savollar bor.
- Bir variantda
- 50 ta savol
- Vaqt
- 90 daqiqa
- Savollar bazasi
- 1 943 ta
- 2026-yil kuzgi attestatsiya
- 30–31-oktabr
Jismoniy tarbiya testi tuzilishi
Variant shu bo‘limlardan yig‘iladi. Har bir bo‘limdan nechta savol tushishi va bazada nechtasi borligi:
| Bo‘lim | Bir variantda | Bazada |
|---|---|---|
| Pedagogik mahorat | 10 ta | 1 201 ta |
| Kasb standarti | 5 ta | 153 ta |
| Jismoniy tarbiya | 25 ta | 407 ta |
| Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi | 10 ta | 182 ta |
Jismoniy tarbiya: namuna savollar va javoblari
Avval o‘zingiz javob bering, keyin to‘g‘ri javobni oching. Bular Testportal bazasidan olingan namunalar, rasmiy imtihon savollari emas.
1.Badmintonda "smash" qanday zarba?
- A)Volanni yon tomonga burab uzoqqa uzatish
- B)Volanni yuqoridan pastga qarab juda kuchli urish
- C)Volanni sekin urib setka ortiga tushirish
- D)Volanni pastdan yuqoriga baland qilib uzatish
To‘g‘ri javobni ko‘rish
B) Volanni yuqoridan pastga qarab juda kuchli urish
2.Har bir loyiha oʻziga xos xususiyatga ega boʻladi, shu sababli ular ma’lum belgilariga koʻra quyidagicha tasniflanadi:
- ikki oʻquvchiga moʻljallangan loyihalar; -oʻquvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga moʻljallangan loyihalar.- A)Loyiha koʻlamiga koʻra
- B)Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga koʻra
- C)Loyihada muddatiga koʻra
- D)Loyihaning predmet va maqsadiga koʻra
To‘g‘ri javobni ko‘rish
B) Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga koʻra
3.Oʻqituvchi "oʻz kasbiy darajasini tizimli ravishda oshirishga" majburdir.
Ushbu koʻrsatma qaysi qonunda koʻrsatilgan?- A)Oʻz. Res. Konstitutsiyasining 46-moddasida
- B)Oʻz. Res.ning " Taʼlim toʻgʻrisida" gi Qonunining 46-moddasida
- C)Oz. Res.ning " Taʼlim toʻgʻrisida"gi Qonunining 13-moddasida
- D)Xalq taʼlimi vazirligining bir qator qonun hujjatlarida
To‘g‘ri javobni ko‘rish
B) Oʻz. Res.ning " Taʼlim toʻgʻrisida" gi Qonunining 46-moddasida
4.O‘qituvchi har darsni avvalgi darsda o‘rganilgan mashqni takrorlashdan boshlab, so‘ng yangisini kiritadi; mashg‘ulotlar haftada ikki marta, uzoq tanaffuslarsiz o‘tadi. Qaysi prinsip amalga oshirilmoqda?
- A)Tushunarlilik va individuallashtirish
- B)Onglilik va faollik
- C)Tizimlilik va izchillik
- D)Ko‘rgazmalilik
To‘g‘ri javobni ko‘rish
C) Tizimlilik va izchillik
5.Hali yetilmagan va fikri xayoli tarqoq bo'lgan o 'ttiz yoki qirqta o'quvchining ongini butun dars davomida mashg'ul qilib turish uchun о ‘qituvchi о‘z so ‘zlari va bergan masalalari to‘g‘risida ко' p bosh qotirishi,serdiqqat bo'lishi kerak. Mana shu sababdan bilimi bo'lgan har bir kishi о'qituvchi bo‘lishga layoqatli bo‘lavermaydi. Jamiyat tomonidan hamma vaqt ham yetarlicha ta'rif qilinmaydigan bu vazifani ishonch bilan ado qilmoq uchun zo‘r matonat va mahorat talab qilinadi.
Yuqoridagi fikr quyidagilarni qaysi biriga tegishli?- A)Farobiy
- B)A. Navoiy
- C)Komenskiy
- D)Ushenskiy
To‘g‘ri javobni ko‘rish
D) Ushenskiy
6."Basketbol" o'yinini kim ixtiro qilgan?
- A)Uilyam Morgan, 1895-yilda
- B)Jeyms Neysmit, 1891-yilda
- C)Jeyms Neysmit, 1901-yilda
- D)Charlz Miller, 1891-yilda
To‘g‘ri javobni ko‘rish
B) Jeyms Neysmit, 1891-yilda
7.Individual o‘qitish yo‘li - bu rivojlanishda qiyinchiliklarga duch kelgan va alohida mutaxassislarning yordamiga muhtoj bo‘lgan o‘quvchini tarbiyalash, rivojlantirish yoki o‘qitishga qaratilgan oldindan rejalashtirilgan yo‘l. Mulohaza..
- A)to‘g‘ri
- B)noto‘g‘ri
- C)-
- D)-
To‘g‘ri javobni ko‘rish
A) to‘g‘ri
8.Jismoniy tarbiya darsi tayyorlov qismining asosiy vazifasi nima?
- A)Yuklamani pasaytirib, organizmni tinch holatga qaytarish
- B)Chorak bo‘yicha me’yoriy talablarni qabul qilish
- C)Dastur bo‘yicha yangi harakat malakasini o‘rgatish
- D)Organizmni asosiy qism yuklamasiga tayyorlash
To‘g‘ri javobni ko‘rish
D) Organizmni asosiy qism yuklamasiga tayyorlash
Jismoniy tarbiya bo‘yicha to‘liq variantni imtihon rejimida ishlab ko‘ring
Vaqt hisobi, natija tahlili va har bir noto‘g‘ri javobga AI tushuntirishi. Birinchi 15 ta savol bepul, ro‘yxatdan o‘tish bir daqiqa.
15 ta savolni bepul ishlashKo‘p beriladigan savollar
- Jismoniy tarbiya testlari bepulmi?
- Ha, 15 ta savoldan iborat bitta variantni bepul ishlash mumkin. Cheksiz variantlar uchun obuna kerak: bitta fan 30 kunga 39 000 so‘m.
- Bir variantda nechta savol bor va qancha vaqt beriladi?
- To‘liq variantda 50 ta savol bor, ishlash uchun 90 daqiqa beriladi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball.
- Savollar har safar bir xil bo‘ladimi?
- Yo‘q. Har bir variant 1 943 ta savollik bazadan yangidan yig‘iladi, shuning uchun testni qayta-qayta ishlash mumkin.
- Xato javoblarimni ko‘ra olamanmi?
- Ha. Test tugagach har bir savolning to‘g‘ri javobi ko‘rsatiladi, noto‘g‘ri javoblarni esa AI tushuntirib beradi.
- Bu savollar haqiqiy imtihon savollarimi?
- Yo‘q. Bular Testportal bazasidagi namunaviy savollar: rasmiy imtihon savollari emas, lekin attestatsiya formatida tuzilgan.