Informatika fanidan attestatsiya testlari
Informatika o‘qituvchilari uchun malaka toifasi sinoviga tayyorgarlik: bazada 1 920 ta savol, har safar yangi variant va har bir noto‘g‘ri javobga AI tushuntirishi. Quyida test tuzilishi va javoblari bilan namuna savollar bor.
- Bir variantda
- 50 ta savol
- Vaqt
- 120 daqiqa
- Savollar bazasi
- 1 920 ta
- 2026-yil kuzgi attestatsiya
- 26-oktabr
Informatika testi tuzilishi
Variant shu bo‘limlardan yig‘iladi. Har bir bo‘limdan nechta savol tushishi va bazada nechtasi borligi:
| Bo‘lim | Bir variantda | Bazada |
|---|---|---|
| Pedagogik mahorat | 10 ta | 1 201 ta |
| Kasb standarti | 5 ta | 153 ta |
| Informatika_nazariy | 15 ta | 340 ta |
| Informatika_amaliy | 20 ta | 226 ta |
Informatika: namuna savollar va javoblari
Avval o‘zingiz javob bering, keyin to‘g‘ri javobni oching. Bular Testportal bazasidan olingan namunalar, rasmiy imtihon savollari emas.
1.Har bir loyiha oʻziga xos xususiyatga ega boʻladi, shu sababli ular ma’lum belgilariga koʻra quyidagicha tasniflanadi:
- ikki oʻquvchiga moʻljallangan loyihalar; -oʻquvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga moʻljallangan loyihalar.- A)Loyiha koʻlamiga koʻra
- B)Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga koʻra
- C)Loyihada muddatiga koʻra
- D)Loyihaning predmet va maqsadiga koʻra
To‘g‘ri javobni ko‘rish
B) Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga koʻra
2.Hajmi 512 Kbayt bo‘lgan fayl 65536 bit/s tezlikda uzatilmoqda. Uzatish necha soniya davom etadi?
- A)62,5
- B)64
- C)8
- D)128
To‘g‘ri javobni ko‘rish
B) 64
3.Oʻqituvchi "oʻz kasbiy darajasini tizimli ravishda oshirishga" majburdir.
Ushbu koʻrsatma qaysi qonunda koʻrsatilgan?- A)Oʻz. Res. Konstitutsiyasining 46-moddasida
- B)Oʻz. Res.ning " Taʼlim toʻgʻrisida" gi Qonunining 46-moddasida
- C)Oz. Res.ning " Taʼlim toʻgʻrisida"gi Qonunining 13-moddasida
- D)Xalq taʼlimi vazirligining bir qator qonun hujjatlarida
To‘g‘ri javobni ko‘rish
B) Oʻz. Res.ning " Taʼlim toʻgʻrisida" gi Qonunining 46-moddasida
4.CMYK rang modeli asosan qayerda ishlatiladi?
- A)Poligrafiyada, rangli chop etishda
- B)Veb-sahifa ranglarini belgilashda
- C)Televizor va proyektor ekranlarida
- D)Monitor ekranida tasvirni aks ettirishda
To‘g‘ri javobni ko‘rish
A) Poligrafiyada, rangli chop etishda
5.Hali yetilmagan va fikri xayoli tarqoq bo'lgan o 'ttiz yoki qirqta o'quvchining ongini butun dars davomida mashg'ul qilib turish uchun о ‘qituvchi о‘z so ‘zlari va bergan masalalari to‘g‘risida ко' p bosh qotirishi,serdiqqat bo'lishi kerak. Mana shu sababdan bilimi bo'lgan har bir kishi о'qituvchi bo‘lishga layoqatli bo‘lavermaydi. Jamiyat tomonidan hamma vaqt ham yetarlicha ta'rif qilinmaydigan bu vazifani ishonch bilan ado qilmoq uchun zo‘r matonat va mahorat talab qilinadi.
Yuqoridagi fikr quyidagilarni qaysi biriga tegishli?- A)Farobiy
- B)A. Navoiy
- C)Komenskiy
- D)Ushenskiy
To‘g‘ri javobni ko‘rish
D) Ushenskiy
6.Individual o‘qitish yo‘li - bu rivojlanishda qiyinchiliklarga duch kelgan va alohida mutaxassislarning yordamiga muhtoj bo‘lgan o‘quvchini tarbiyalash, rivojlantirish yoki o‘qitishga qaratilgan oldindan rejalashtirilgan yo‘l. Mulohaza..
- A)to‘g‘ri
- B)noto‘g‘ri
- C)-
- D)-
To‘g‘ri javobni ko‘rish
A) to‘g‘ri
7.Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) nima?
- A)Ma’lumotlar bazasiga so‘rov yozish uchun ishlatiladigan dasturlash tili
- B)Ma’lumotlarni tizimli saqlash va boshqarish uchun dasturiy majmua
- C)Ma’lumotlarni jadvalda hisoblash uchun mo‘ljallangan elektron jadval
- D)Ma’lumotlarni siqib, arxivda saqlash uchun yordamchi dastur
To‘g‘ri javobni ko‘rish
B) Ma’lumotlarni tizimli saqlash va boshqarish uchun dasturiy majmua
8.Ikkilik sanoq sistemasidagi 10101010 sonini sakkizlik sanoq sistemasiga o‘tkazing.
- A)242
- B)253
- C)125
- D)252
To‘g‘ri javobni ko‘rish
D) 252
Informatika bo‘yicha to‘liq variantni imtihon rejimida ishlab ko‘ring
Vaqt hisobi, natija tahlili va har bir noto‘g‘ri javobga AI tushuntirishi. Birinchi 15 ta savol bepul, ro‘yxatdan o‘tish bir daqiqa.
15 ta savolni bepul ishlashKo‘p beriladigan savollar
- Informatika testlari bepulmi?
- Ha, 15 ta savoldan iborat bitta variantni bepul ishlash mumkin. Cheksiz variantlar uchun obuna kerak: bitta fan 30 kunga 39 000 so‘m.
- Bir variantda nechta savol bor va qancha vaqt beriladi?
- To‘liq variantda 50 ta savol bor, ishlash uchun 120 daqiqa beriladi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball.
- Savollar har safar bir xil bo‘ladimi?
- Yo‘q. Har bir variant 1 920 ta savollik bazadan yangidan yig‘iladi, shuning uchun testni qayta-qayta ishlash mumkin.
- Xato javoblarimni ko‘ra olamanmi?
- Ha. Test tugagach har bir savolning to‘g‘ri javobi ko‘rsatiladi, noto‘g‘ri javoblarni esa AI tushuntirib beradi.
- Bu savollar haqiqiy imtihon savollarimi?
- Yo‘q. Bular Testportal bazasidagi namunaviy savollar: rasmiy imtihon savollari emas, lekin attestatsiya formatida tuzilgan.