Matematika fanidan attestatsiya testlari

Matematika o‘qituvchilari uchun malaka toifasi sinoviga tayyorgarlik: bazada 2 141 ta savol, har safar yangi variant va har bir noto‘g‘ri javobga AI tushuntirishi. Quyida test tuzilishi va javoblari bilan namuna savollar bor.

Bir variantda
50 ta savol
Vaqt
90 daqiqa
Savollar bazasi
2 141 ta
2026-yil kuzgi attestatsiya
9–10-noyabr

Matematika testi tuzilishi

Variant shu bo‘limlardan yig‘iladi. Har bir bo‘limdan nechta savol tushishi va bazada nechtasi borligi:

Bo‘limBir variantdaBazada
Pedagogik mahorat10 ta1 201 ta
Kasb standarti5 ta153 ta
Matnli masalalar1 ta28 ta
Trigonometriya1 ta71 ta
Qoldiqli bo'lish, oxirgi raqam1 ta22 ta
EKUB va EKUK1 ta18 ta
Sonlar va amallar3 ta79 ta
Nyuton binomi2 ta15 ta
Ehtimol1 ta25 ta
Kombinatorika1 ta30 ta
Streometriya4 ta57 ta
Geometriya8 ta142 ta
Funksiya2 ta47 ta
Integral2 ta53 ta
Hosila2 ta40 ta
Progressiyalar2 ta29 ta
Tenglama va tengsizlik4 ta131 ta

Matematika: namuna savollar va javoblari

Avval o‘zingiz javob bering, keyin to‘g‘ri javobni oching. Bular Testportal bazasidan olingan namunalar, rasmiy imtihon savollari emas.

  1. 1.Har bir loyiha oʻziga xos xususiyatga ega boʻladi, shu sababli ular ma’lum belgilariga koʻra quyidagicha tasniflanadi:
    - ikki oʻquvchiga moʻljallangan loyihalar; -oʻquvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga moʻljallangan loyihalar.

    • A)Loyiha koʻlamiga koʻra
    • B)Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga koʻra
    • C)Loyihada muddatiga koʻra
    • D)Loyihaning predmet va maqsadiga koʻra‌‌
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    B) Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga koʻra

  2. 2.Oʻqituvchi "oʻz kasbiy darajasini tizimli ravishda oshirishga" majburdir.
    Ushbu koʻrsatma qaysi qonunda koʻrsatilgan?

    • A)Oʻz. Res. Konstitutsiyasining 46-moddasida
    • B)Oʻz. Res.ning " Taʼlim toʻgʻrisida" gi Qonunining 46-moddasida
    • C)Oz. Res.ning " Taʼlim toʻgʻrisida"gi Qonunining 13-moddasida
    • D)Xalq taʼlimi vazirligining bir qator qonun hujjatlarida
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    B) Oʻz. Res.ning " Taʼlim toʻgʻrisida" gi Qonunining 46-moddasida

  3. 3.3 ta mergan bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda nishonga bir martadan o’q uzishmoqda. Har birining nishonga tekkizish ehtimolligi mos ravishda 0,8; 0,7 va 0,6 ga teng. Nishonga faqat birinchi va ikkinchi merganlarning o’qlari tegishi hodisasining ehtimolligini toping.

    • A)0,7
    • B)0,56
    • C)0,224
    • D)0,336
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    C) 0,224

  4. 4.10 ta odam orasidan 6 tasini shunday tanlash kerakki oldindan belgilangan ikkita odam bir vaqtda tanlanmasin. Bunday tanlovlarni necha xil usulda amalga oshirish mumkin?

    • A)120
    • B)140
    • C)180
    • D)210
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    A) 120

  5. 5.Asoslari 8 sm va 10 sm balandligi 4 sm bo’lgan trapetsiyaga tengdosh uchburchakning asosi 4,5 sm. Shu uchburchak balandligini toping.

    • A)18
    • B)16
    • C)12
    • D)14
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    B) 16

  6. 6.Quyidagi mulohazalarning nechtasi doimo to’g’ri?
    1) Musbat to’g’ri kasr musbat noto’g’ri kasrdan katta bo’lolmaydi
    2) Ozod hadi nolga teng bo’lgan yuqori darajali tenglamalarning ildizlari yig’indisi nolga teng bo’ladi.
    3) Manfiy sonning moduli shu sonning teskarisiga teng bo’ladi.
    4) Arifmetik progressiyaning 5- va 12- hadlari yig’indisi shu progressiyaning 3- va 14- hadlari yig’indisiga teng bo’ladi.
    5) Toq funksiya absissa o’qiga nisbatan simmetrik bo’ladi.

    • A)2
    • B)3
    • C)4
    • D)1
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    C) 4

  7. 7.Arifmetik progressiyaning birinchi hadi 5, o’n chakkizinchi hadi 56 bo’lsa, o’ttizinchi hadi nechaga teng?

    • A)78
    • B)84
    • C)2
    • D)5/2
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    A) 78

  8. 8.Pul mukofoti uch ixtirochi orasida quyidagicha taqsimlanadi: birinchisi butun mukofotning yarmidan qolgan ikki ixtirochi birgalikda olgan mukofotning 3/22 qismini ayirilganiga teng bo’lgan miqdorda oldi. Ikkinchisi butun mukofotning 1/4 qismini va qolgan ikkitasi birgalikda olganning 1/56 qismini oldi. Uchinchi ixtirochi 300 so’m oldi. Mukofotning miqdori qancha edi va har bir ixtirochi qanchadan pul olgan?

    • A)95 so’m ; 40 so’m,25 so’m va 30 so’m
    • B)90 so’m; 40 so’m, 20 so’m va 30 so’m
    • C)1000 so’m; 4000 so’m, 2500 so’m va 3000 so’m
    • D)950 so’n; 400 so’m, 250 so’m va 300 so’m
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    D) 950 so’n; 400 so’m, 250 so’m va 300 so’m

Matematika bo‘yicha to‘liq variantni imtihon rejimida ishlab ko‘ring

Vaqt hisobi, natija tahlili va har bir noto‘g‘ri javobga AI tushuntirishi. Birinchi 15 ta savol bepul, ro‘yxatdan o‘tish bir daqiqa.

15 ta savolni bepul ishlash

Ko‘p beriladigan savollar

Matematika testlari bepulmi?
Ha, 15 ta savoldan iborat bitta variantni bepul ishlash mumkin. Cheksiz variantlar uchun obuna kerak: bitta fan 30 kunga 39 000 so‘m.
Bir variantda nechta savol bor va qancha vaqt beriladi?
To‘liq variantda 50 ta savol bor, ishlash uchun 90 daqiqa beriladi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball.
Savollar har safar bir xil bo‘ladimi?
Yo‘q. Har bir variant 2 141 ta savollik bazadan yangidan yig‘iladi, shuning uchun testni qayta-qayta ishlash mumkin.
Xato javoblarimni ko‘ra olamanmi?
Ha. Test tugagach har bir savolning to‘g‘ri javobi ko‘rsatiladi, noto‘g‘ri javoblarni esa AI tushuntirib beradi.
Bu savollar haqiqiy imtihon savollarimi?
Yo‘q. Bular Testportal bazasidagi namunaviy savollar: rasmiy imtihon savollari emas, lekin attestatsiya formatida tuzilgan.

Attestatsiya haqida