Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya testlari

Ona tili va adabiyot o‘qituvchilari uchun malaka toifasi sinoviga tayyorgarlik: bazada 1 680 ta savol, har safar yangi variant va har bir noto‘g‘ri javobga AI tushuntirishi. Quyida test tuzilishi va javoblari bilan namuna savollar bor.

Bir variantda
50 ta savol
Vaqt
120 daqiqa
Savollar bazasi
1 680 ta
2026-yil kuzgi attestatsiya
28-noyabr (Toshkent) · 27–29-oktabr (viloyatlar)

Ona tili va adabiyot testi tuzilishi

Variant shu bo‘limlardan yig‘iladi. Har bir bo‘limdan nechta savol tushishi va bazada nechtasi borligi:

Bo‘limBir variantdaBazada
Pedagogik mahorat10 ta1 201 ta
Kasb standarti5 ta153 ta
Ona tili 1 – Fonetika, imlo, xalq og‘zaki ijodi4 ta28 ta
Ona tili 2 – Leksika, frazeologiya, qadimgi turkiy adabiyot6 ta31 ta
Ona tili 3 – Morfemika, so‘z yasalishi, jahon va mumtoz adabiyot5 ta77 ta
Ona tili 4 – Morfologiya, XX asr adabiyoti6 ta39 ta
Ona tili 5 – Sintaksis, tinish belgilari, mustaqillik davri adabiyoti4 ta35 ta
Ona tili 6 – Uslubiyat, adabiyot nazariyasi4 ta68 ta
Ona tili 7 – O‘qib tushunish, g‘azal tahlili6 ta48 ta

Ona tili va adabiyot: namuna savollar va javoblari

Avval o‘zingiz javob bering, keyin to‘g‘ri javobni oching. Bular Testportal bazasidan olingan namunalar, rasmiy imtihon savollari emas.

  1. 1.Har bir loyiha oʻziga xos xususiyatga ega boʻladi, shu sababli ular ma’lum belgilariga koʻra quyidagicha tasniflanadi:
    - ikki oʻquvchiga moʻljallangan loyihalar; -oʻquvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga moʻljallangan loyihalar.

    • A)Loyiha koʻlamiga koʻra
    • B)Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga koʻra
    • C)Loyihada muddatiga koʻra
    • D)Loyihaning predmet va maqsadiga koʻra‌‌
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    B) Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga koʻra

  2. 2.Oʻqituvchi "oʻz kasbiy darajasini tizimli ravishda oshirishga" majburdir.
    Ushbu koʻrsatma qaysi qonunda koʻrsatilgan?

    • A)Oʻz. Res. Konstitutsiyasining 46-moddasida
    • B)Oʻz. Res.ning " Taʼlim toʻgʻrisida" gi Qonunining 46-moddasida
    • C)Oz. Res.ning " Taʼlim toʻgʻrisida"gi Qonunining 13-moddasida
    • D)Xalq taʼlimi vazirligining bir qator qonun hujjatlarida
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    B) Oʻz. Res.ning " Taʼlim toʻgʻrisida" gi Qonunining 46-moddasida

  3. 3.Nutqning muloqot vaziyati, maqsadi va tinglovchiga mos holda tuzilishi uning qaysi kommunikativ sifati hisoblanadi?

    • A)soflik
    • B)to‘g‘rilik
    • C)jo‘yalilik
    • D)mantiqiylik
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    C) jo‘yalilik

  4. 4.Faqat hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.

    • A)Ko‘ksim tog‘ etgan – Vatan sevgisi.
    • B)Lekin u bu haqda tirnoqcha ham qayg‘urmayapti.
    • C)Mevasiz daraxt.
    • D)U kuyovining bu qiliqlariga ichida g‘ijinar edi.
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    D) U kuyovining bu qiliqlariga ichida g‘ijinar edi.

  5. 5.Qaysi adib o‘zi anglab yetgan va anglatmoqchi bo‘lgan haqiqat bayoni uchun ramziy obraz – Xayolni taxtga qarata: «Sen fazilati bilimlarning qo‘l-qanotini uzib tashlading. Inju tizguvchi adiblarning qalamlarini o‘choq supurgisiga aylantirding. Ota pichog‘i bilan bolalarni bo‘gizlatding. Bola pichogi bilan otalarni yiqitding. Do‘stlarni bo‘g‘ishtirding, o‘rtoqlarni urishtirding...», – deya so‘zlatadi?

    • A)Hamza Hakimzoda Niyoziy
    • B)Abdurauf Fitrat
    • C)Abdulla Avloniy
    • D)Abdulhamid Cho‘lpon
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    B) Abdurauf Fitrat

  6. 6.Quyida berilganlardan qaysilari modal so‘z hisoblanadi? 1) xullas; 2) faqat; 3) darhaqiqat; 4) xayriyat; 5) chunki; 6) biroq.

    • A)1, 2, 4, 5
    • B)2, 3, 6
    • C)3, 4, 5, 6
    • D)1, 3, 4
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    D) 1, 3, 4

  7. 7.Xalq dostonlaridagi qaysi qahramon yorini topish uchun yo‘lga chiqqan yolg‘iz o‘g‘liga qarab shu so‘zlarni aytadi? Menga aytgin ko‘nglingdagi o‘yingni, / Aytgin, bolam, boradigan joyingni, / Men bilayin talab qilgan elingni, / Ayt siringni, qaytarmayman ra’yingni, / E, yolg‘iz shunqorim, senga yo‘l bo‘lsin?

    • A)Go‘ro‘g‘li
    • B)Qoraxon
    • C)Hasanxon
    • D)Boybo‘ri
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    C) Hasanxon

  8. 8.Matnni o‘qing: 1. To‘qayda bir yirtqich sher bor edi. U har safar bolalaganda xursand bo‘lar, biroq chumolilar uning bolasini talab o‘ldirishardi. Shuning uchun u farzandini og‘zida tishlab asrar edi. O‘sha to‘qayda bir durroj ham bo‘lib, bu yirtqich sherning vahmidan doim qo‘rquvda edi. Bolasini og‘zida tishlab olib yuradigan sher durroj pisib yotgan bo‘talar yoniga borib qolsa, bu pir etib uchar, sher qo‘rqqanidan seskanib ketar, bolasiga ham tishi botib ketardi. Natijada sher tishi bilan o‘z bolasini yarador qilardi. 2. Sher durroj bilan do‘stlashish yo‘lini qidira boshladi. U durrojga dushmanlaridan himoya qilish va sadoqatli bo‘lishni va’da qilib, u bilan do‘stlashdi. Bir kuni durroj: «Dod, meni ovchi tuzog‘iga tushirdi», – deb qichqirdi. Sher kelib ko‘rsaki, durroj ovchining tuzog‘iga tushmagan ekan. Sher juda ranjidi. Bu hol bir necha bor takrorlandi. Bir kuni durroj ovchining tuzog‘iga tushib qoldi. U dod solib sherni yordamga chaqirdi, ammo qancha qichqirmasin, sher qutqarish uchun iltifot ko‘rsatmadi. Durroj esa halok bo‘ldi. Sherning durroj bilan do‘stlashishining sababi nima edi?

    • A)og‘zida olib yurgan bolalariga ziyon yetkazib qo‘ymaslik uchun
    • B)bolalarini talab o‘ldirayotgan chumolilardan qasd olish uchun
    • C)bolalarini tarbiyalashda durrojning nasihatlariga ehtiyoji borligi uchun
    • D)kuch va qudratda tengsiz durrojdan qo‘rqqanligi uchun
    To‘g‘ri javobni ko‘rish

    A) og‘zida olib yurgan bolalariga ziyon yetkazib qo‘ymaslik uchun

Ona tili va adabiyot bo‘yicha to‘liq variantni imtihon rejimida ishlab ko‘ring

Vaqt hisobi, natija tahlili va har bir noto‘g‘ri javobga AI tushuntirishi. Birinchi 15 ta savol bepul, ro‘yxatdan o‘tish bir daqiqa.

15 ta savolni bepul ishlash

Ko‘p beriladigan savollar

Ona tili va adabiyot testlari bepulmi?
Ha, 15 ta savoldan iborat bitta variantni bepul ishlash mumkin. Cheksiz variantlar uchun obuna kerak: bitta fan 30 kunga 39 000 so‘m.
Bir variantda nechta savol bor va qancha vaqt beriladi?
To‘liq variantda 50 ta savol bor, ishlash uchun 120 daqiqa beriladi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball.
Savollar har safar bir xil bo‘ladimi?
Yo‘q. Har bir variant 1 680 ta savollik bazadan yangidan yig‘iladi, shuning uchun testni qayta-qayta ishlash mumkin.
Xato javoblarimni ko‘ra olamanmi?
Ha. Test tugagach har bir savolning to‘g‘ri javobi ko‘rsatiladi, noto‘g‘ri javoblarni esa AI tushuntirib beradi.
Bu savollar haqiqiy imtihon savollarimi?
Yo‘q. Bular Testportal bazasidagi namunaviy savollar: rasmiy imtihon savollari emas, lekin attestatsiya formatida tuzilgan.

Attestatsiya haqida